“JASORAT MAKTABLARI”GA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI BELGILANDI
“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida 3636-sonli raqam bilan 01.07.2025-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi. Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.
Jasorat sinflarida o‘qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.
Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari iyul oyida o‘tkaziladi.
Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
T. EGAMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR
personmaftuna 10-12-24, 11:30Bugungi kunda ba’zi holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilganlarida ish...
TALABALARGA TURAR-JOY IJARASI UCHUN PUL BERILADI
personmaftuna 10-12-24, 10:54Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan...
TIBBIYOT CHIQINDILARIDAN MUQOBIL ISSIQLIK ENERGIYASI ISHLAB
personmaftuna 24-07-24, 20:11“Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish...