“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida 3636-sonli raqam bilan 01.07.2025-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom “Jasorat maktablari”ga (Jasorat sinflari) o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi. Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.
Jasorat sinflarida o‘qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.
Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari iyul oyida o‘tkaziladi.
Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
T. EGAMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.