TALABALARGA TURAR-JOY IJARASI UCHUN PUL BERILADI
Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.
Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi.
Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (375 ming so‘m);
qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (187 ming 500 so‘m).
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshirishi lozim.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MEDIA-MAHSULOTLARDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT
personmaftuna 28-06-24, 08:39Oʻzbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 05.06.2024-yildagi “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish...
MANFAATLAR TO’QNASHUVINING QANDAY OLDI OLINISHI HAQIDA
personmaftuna 24-03-25, 02:58Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi o‘zi mehnat...
HODIMLARNI ISHDAN BO’SHATISH ASOSLARI
personmaftuna 19-09-24, 00:16Amaldagi Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular...