Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT TOMONIDAN KAFOLATLANADIGAN BEPUL TIBBIY YORDAMGA NIMALAR KIRADI?

DAVLAT TOMONIDAN KAFOLATLANADIGAN BEPUL TIBBIY YORDAMGA NIMALAR KIRADI?

Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Bepul tibbiy xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;

saqlashning birlamchi bo‘g‘inida va qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, avvalo, qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish;

yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunlashtirish va emlash;

ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam;

tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pulli shifoxonalardan tashqari);

yoshli o‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18–27 yoshli) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;

vaqtida yordam beradigan xizmatlarni ko‘rsatish (pulli muassasalardan tashqari);

toifaga mansub bemorlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, to‘liq yetimlar)ni davlat davolash- profilaktika muassasalarida davolash.

Qoida tariqasida, poliklinika va qishloq vrachlik punkti soat 8-00 dan 20-00 gacha ishlaydi, ammo o‘ziga kerakli shifokorni topish uchun bemor uning qabul kunlarini bilib olishi lozim.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 21-02-24, 06:45
0 BILASIZMI?

O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Sanoat mulki muhofazasi portaliga...

FАOLIYATNING АYRIM TURLАRINI LITSENZIYALАSH TАLАBLАRI BEKOR

personmaftuna 31-01-24, 02:21
0 FАOLIYATNING АYRIM TURLАRINI LITSENZIYALАSH TАLАBLАRI BEKOR QILINMOQDА

Prezident 09.01.2024-yilda PF-8-son “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va...

AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS

personmaftuna 05-08-24, 20:34
0 AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS ETTIRILADI

Favqulodda vaziyatlar vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy х avfsizlik...

menu
menu