Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Sanoat mulki muhofazasi portaliga (ip.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili ko‘rsatilgan arizasi;

talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;

belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar yoki xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

Agar talabnoma patent vakili orqali berilgan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

Shuningdek, talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL

personmaftuna 05-05-24, 12:23
0 SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-137-sonli “Ogʻir atletika sport turini yanada...

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNI

personmaftuna 15-05-24, 19:25
0 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019 yildagi 626-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida...

IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

personmaftuna 27-01-24, 19:04
0 IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi . Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan...

menu
menu