AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI
5-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz solig‘i solinadigan ob’ekt hisoblanmasligiga doir qo‘shimcha kiritilmoqda.
Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni boj to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar harbiy yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ИИО ҲОДИМЛАРИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЭЛЕКТРОШОК ҚУРИЛМАСИНИ
personmaftuna 23-03-24, 22:2716.09.2016 йилдаги ЎРҚ-407-сон "Ички ишлар органлари тўғрисида"ги қонунга кўра, Ички ишлар органи ходими қуйидаги...
BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?
personmaftuna 28-06-24, 22:45O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga asosan Bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik...
CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI
personmaftuna 21-02-25, 09:35O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida...