AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS ETTIRILADI
Favqulodda vaziyatlar vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy хavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi. (08.07.2024 y. AVda roʻyхat raqami 3526).
Xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va obyektlar haqidagi ma’lumotlarni toʻplash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
Tuman (shahar) хokimliklari favqulodda vaziyatlar boʻlimlari orqali mahallalarga хafvsizlik pasportlarini shakllantirish haqida хabarnoma yuborishadi.
Xavfsizlik pasportlari 5 ta jadvaldan iborat boʻlib, quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:
- umumiy maydon, km;
- mahalla aholisi soni;
- mahalla хonadonlari soni;
- koʻp qavatli/ yakka tartibdagi uylar soni;
- aholi zichligi;
- havfi yuqori boʻlgan obyektlar soni;
- ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar soni.
Shuningdek, quyidagi aholi gavjum toʻplanadigan obyektlar soni koʻrsatiladi:
- sogʻliqni saqlash muassasalari;
- maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, proffesional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari;
- savdo komplekslari;
- madaniyat va sport muassasalari;
- masjidlar.
Hujjatda oʻtgan yil davomida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar soni hamda favqulodda vaziyat natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning tahminiy miqdori koʻrsatiladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA
personmaftuna 19-09-24, 00:32O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston...
KIMLAR PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?
personmaftuna 29-06-24, 08:16"Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son Qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan...
ИККИ ДАВЛАТ ЎРТАСИДА ҚЎШМА ДЕКЛАРАЦИЯ ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ
personmaftuna 07-06-25, 20:51Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Италия Республикаси Бош вазири Жоржа Мелони Стратегик шериклик...