Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Bepul tibbiy xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;
saqlashning birlamchi bo‘g‘inida va qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, avvalo, qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunlashtirish va emlash;
ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam;
tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pulli shifoxonalardan tashqari);
yoshli o‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18–27 yoshli) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
vaqtida yordam beradigan xizmatlarni ko‘rsatish (pulli muassasalardan tashqari);
toifaga mansub bemorlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, to‘liq yetimlar)ni davlat davolash- profilaktika muassasalarida davolash.
Qoida tariqasida, poliklinika va qishloq vrachlik punkti soat 8-00 dan 20-00 gacha ishlaydi, ammo o‘ziga kerakli shifokorni topish uchun bemor uning qabul kunlarini bilib olishi lozim.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.