HAVO TRANSPORTIDA QAYSI HOLLARDA BEPUL XIZMAT KO‘RSATILADI?
Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga muvofiq agar parvoz vaqti kechiktirilsa, tashuvchi yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi zarur. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Yo‘lovchi yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan bepul qo‘shimcha ko‘rsatiladigan xizmatlar: ko‘rsatiladigan xizmatlar
bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;
parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo‘lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;
tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, mehmonxona bilan ta’minlash;
kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash;
chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
YO‘LLAR TOIFAGA AJRATILDI
personmaftuna 24-07-24, 20:19Vazirlar Mahkamasining 04.07.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻy...
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA
personmaftuna 17-02-24, 04:53Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-902-son, 01.02.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga...
YER QA'RIDAN FOYDALANISHGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR
personmaftuna 08-08-25, 01:29Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025-y.) bilan “Yer qa'ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq...