Kuzatuvchi.uz / HAVO TRANSPORTIDA QAYSI HOLLARDA BEPUL XIZMAT KO‘RSATILADI?

HAVO TRANSPORTIDA QAYSI HOLLARDA BEPUL XIZMAT KO‘RSATILADI?

Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga muvofiq agar parvoz vaqti kechiktirilsa, tashuvchi yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi zarur. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.

Yo‘lovchi yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan bepul qo‘shimcha ko‘rsatiladigan xizmatlar: ko‘rsatiladigan xizmatlar

bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;

parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo‘lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;

tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, mehmonxona bilan ta’minlash; 

kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash;

chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.  

 

12-12-2024, 01:34
Saytga qaytish