YER QA'RIDAN FOYDALANISHGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGANLAR RAG‘BATLANTIRILADI
Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025-y.) bilan “Yer qa'ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag'batlantirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko'ra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim. Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak: sodir etilgan huquqbuzarlik: huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar (agar mavjud bo'lsa); huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt. Foto va video materiallar 15 ish kunida ko'rib chiqiladi. Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi: keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish bo'yicha – huquqbuzardan undirilgan mablag'lar hisobidan BHMning 1 baravari; foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo'yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YURIDIK SHAXSNING TA’SIS HUJJATLARI
personmaftuna 21-02-24, 04:22O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 43-moddasiga ko`ra, yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis...
MAHALLALARDA AHOLI MUAMMOLARINI ANIQLASHNING YANGI TIZIMI
personmaftuna 17-08-24, 02:17Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 486-son "Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini...
2028 ЙИЛГАЧА ҚҚС ВА ФОЙДА СОЛИҒИ СТАВКАЛАРИ ОШИРИЛМАЙДИ
personmaftuna 30-01-25, 02:04“Тадбиркорлар учун тенг шароитлар ва адолатли рақобат муҳитини таъминлаш бўйича навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги...