Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHALLALARDA AHOLI MUAMMOLARINI ANIQLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILMOQDA

MAHALLALARDA AHOLI MUAMMOLARINI ANIQLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 486-son "Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish bilan “Mahalla yettiligi” vakillari yagona soʻrovnoma asosida shugʻullanadi. U “Raqamli mahalla” platformasida joylashtiriladi. "Mahalla yettiligi" foydalanayotgan mavjud elektron platformalar “Raqamli mahalla” platformasi bilan integratsiya qilinadi.

Hujjat bilan Yagona soʻrovnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • yagona soʻrovnoma asosida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlarning majburiyatlari;
  • soʻrovlarni oʻtkazish bosqichlari va usullari;
  • “mahalla yettiligi” reytingini yuritish va “Raqamli mahalla” platformasida ishlash tartiblari.

 

Fuqarolar muammolarini yagona soʻrovnoma yordamida oʻrganish quyidagi hollarda tashkil etiladi:

  • fuqaroning murojaati asosida;
  • “eshikma-eshik” yurish natijalari boʻyicha;
  • boshqa fuqarolarning shaхsning ijtimoiy-iqtisodiy yordam (хizmat)ga ehtiyoji toʻgʻrisida хabar berishi.

 
 

                                                                                       Bahodir YUSUPOV, 

        Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

personmaftuna 18-03-24, 01:33
0 TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

Topshiriq shartnomasi bo‘yicha bir taraf vakil ikkinchi taraf topshiriq beruvchining nomidan va uning hisobidan...

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH ANKETASINI TAKOMILLASHTIRISH

personmaftuna 20-02-25, 09:36
0 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH ANKETASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ma'lumot to'plashda foydalaniladigan so'rovnomani yaratish. Anketaning ravshanligi va samaradorligini tekshirish....

FUQAROLAR QANDAY HOLATLARDA MUOMALAGA LAYOQATSIZ DEB

personmaftuna 30-09-24, 22:45
0 FUQAROLAR QANDAY HOLATLARDA MUOMALAGA LAYOQATSIZ DEB TOPILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z...

menu
menu