ICHKI ISHLAR ORGANLARINING XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA INSPEKTORLARIGA QO‘SHIMCHA VAKOLAT BERILDI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-902-son, 01.02.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini isteʼmol qilganlikda, shuningdek voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlikda aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga zarur vakolatlar berildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati berildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Temur RAJABOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
СУВ РЕСУРСЛАРИНИ САМАРАЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 14-12-24, 15:56Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-981-сон, 22.10.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва...
MAJBURIYAT TUSHUNCHASI, UNING BAJARILISHI USULLARI
personmaftuna 28-03-24, 02:03O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 234-moddasiga ko`ra, Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati...
QONUNCHILIKDA 1-OKTABRDAN NIMALAR O‘ZGARDI ?
personmaftuna 20-10-24, 13:13Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar ro'yxatdan o'tkaziladi. Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga...