Kuzatuvchi » Siyosiy » SOLIQ TO‘LASH TARTIBI

SOLIQ TO‘LASH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan. Ushbu tartibga ko‘ra, har bir yuridik va jismoniy shaxs qonunchilikda ko‘rsatilgan soliq turlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi shart.

Soliq kodeksining 440-moddasiga asosan, Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanishi belgilangan.

Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).

Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA

personmaftuna 09-02-24, 22:43
0 YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA  O‘TKAZILDI

Prezidentning 20.01.2024-yildagi PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini...

KONSTITUTSIYA — G‘URURIMIZ IFTIXORIMIZ!

personmaftuna 17-12-24, 11:35
0 KONSTITUTSIYA — G‘URURIMIZ IFTIXORIMIZ!

Bosh Qomusimizning 19-moddasida inson tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘lgan tabiiy va ajralmas huquqlar sirasiga inson...

NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA

personmaftuna 11-12-24, 11:00
0 NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QATOR SOLIQ IMTIYOZLARI BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha...

menu
menu