Kuzatuvchi » Siyosiy » NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QATOR SOLIQ IMTIYOZLARI BERILDI

NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QATOR SOLIQ IMTIYOZLARI BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar:

– nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

– O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);

– nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

– nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatni doimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

– nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

XORIJIY KOMPANIYALARNING AKKREDITATSIYA PASPORTI TASDIQLANDI

personmaftuna 30-04-24, 00:33
0 XORIJIY KOMPANIYALARNING AKKREDITATSIYA PASPORTI TASDIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 07.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida х orijiy tijorat tashkilotlarining vakolat...

IJRO HUJJATLARIGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAMRAB OLGAN

personmaftuna 08-08-25, 15:04
0 IJRO HUJJATLARIGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAMRAB OLGAN MAJBURIYATLAR REESTRI YURITILADI

O‘zbekiston respublikasining Qonuni (O'RQ-1069-son, 16.06.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va...

1 МАРТДАН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИГА МЎЛЖАЛЛАНГАН ЕРЛАР ОНЛАЙН

personmaftuna 23-03-24, 21:11
0 1 МАРТДАН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИГА МЎЛЖАЛЛАНГАН ЕРЛАР ОНЛАЙН АУКЦИОН ОРҚАЛИ ИЖАРАГА БЕРИЛАДИ

Президентнинг 18.01.2024 йил куни ПФ-15-сон “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкаларини ижарага бериш тартибини...

menu
menu