IJRO HUJJATLARIGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAMRAB OLGAN MAJBURIYATLAR REESTRI YURITILADI
O‘zbekiston respublikasining Qonuni (O'RQ-1069-son, 16.06.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qaror va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga – ularning YIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi ko'rsatildi.
Shunindek, mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablag'lari fuqarolarning qarzdorliklari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan eng kam kafolatlangan daromad etib belgilandi.
Bundan tashqari, majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma'lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reestrini yuritishi ko'zda tutildi.
Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini amalga oshiradi.
Ijro hujjatlariga doir ma'lumotlar Majburiyatlar reestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.
Shuningdek, qonun hujjatlariga majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog'ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo'shimchalar kiritildi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH
personmaftuna 10-12-24, 10:53To‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak. Vazirlar...
SURISHTIRUV, TERGOV VA SUD JARAYONIDA INSON HUQUQLARIGA OID
personmaftuna 25-09-25, 22:28Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart....
YERLARNI TUT KOʻCHATLARINI EKISH UCHUN IKKILAMCHI IJARAGA
personmaftuna 12-08-24, 23:13Prezident 17.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar...