Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT UMUMIY O'RTA TA'LIM TASHKILOTLARIDA AYRIM TOIFADAGI O'QUVCHILAR QO'SHIMCHA TA'LIMGA JALB QILINADI

DAVLAT UMUMIY O'RTA TA'LIM TASHKILOTLARIDA AYRIM TOIFADAGI O'QUVCHILAR QO'SHIMCHA TA'LIMGA JALB QILINADI

Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025-y.) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni maktabdan tashqari ta'limga jalb qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizom davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni qo'shimcha ta'limga jalb qilish hamda o'qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.

 

Ayrim toifadagi o'quvchilar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarning umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.

- O'quvchilar to'garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi. 

 

- O'quvchilarning ota-onalari hamda ta'lim tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

 

- Ta'lim tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar bo'yicha 1 nafar o'quvchiga har bir to'garak uchun 1 oylik to'lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:

 

- 7-11 yoshdagi o'quvchilar uchun darsdan keyingi qo'shimcha ta'lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;

 

- 12-18 yoshdagi o'quvchilar uchun umumta'lim fanlari, 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun xorijiy til yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;

 

- 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.

 

  To'garak to'lovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi o'quvchining ota-onasi tomonidan to'lanadi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti. 

Boshqa maqolalar

KIMLAR YOLG‘IZ ONA XISOBLANADI ?

personmaftuna 21-03-24, 10:14
0 KIMLAR YOLG‘IZ ONA XISOBLANADI ?

SAVOL; Biz turmush o‘rtog‘im bilan ancha vaqtdan beri birga yashamaymiz. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Shu...

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАЛАРИ БЎЙИЧА

personmaftuna 12-03-24, 02:13
0 ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАЛАРИ БЎЙИЧА ИНСПЕКТОРЛАРИГА ҚЎШИМЧА ВАКОЛАТ БЕРИЛДИ

Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-902-сон, 01.02.2024 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига...

HARBIY ХIZMATNI OʻTASH BILAN BOGʻLIQ CHEKLOVLAR YANGILANDI

personmaftuna 24-08-25, 18:21
0 HARBIY ХIZMATNI OʻTASH BILAN BOGʻLIQ CHEKLOVLAR YANGILANDI

Prezident tomonidan 23.01.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...

menu
menu