Kuzatuvchi » Siyosiy » AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YO'NALISHIGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TARMOG'I KENGAYTIRILADI

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YO'NALISHIGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TARMOG'I KENGAYTIRILADI

Hukumat qarori (364-son, 14.06.2025-y.) bilan “Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo'nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarori tasdiqlandi. 

 

Qarorga ko'ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha tayanch maktab etib belgilandi.  

 

Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

 

 Filiallarga o'quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi. 

 

 Filiallarda o'quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog'lom ovqatlantirish tashkil etiladi.

 

Filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.

 

 Ma'lumot uchun: Prezident Farmoni (https://lex.uz/en/docs/-6862220) asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.   

Boshqa maqolalar

IPOTEKA KREDITINI RASMIYLASHTIRISH VA SUBSIDIYA TO‘LAB

personmaftuna 06-12-24, 16:02
0 IPOTEKA KREDITINI RASMIYLASHTIRISH VA SUBSIDIYA TO‘LAB BERISH TARTIBI QANDAY?

“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya...

ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASI

personmaftuna 02-05-24, 00:27
0 ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASI

Ishdan bo‘shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimning ishdan...

BILIB OLING

personmaftuna 24-07-24, 04:05
0 BILIB OLING

Hukumat Qarori (354-son, 25.06.2024 y.) bilan “Tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga...

menu
menu