Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

Hukumat Qarori (354-son, 25.06.2024 y.) bilan “Tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Unga ko'ra, Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo'ravonlik holati to'g'risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:

🔹“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;

🔹ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;

🔹“112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.

▶️ Murojaat bo'yicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

▪️xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi;

▪️ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini ko'radi;

▪️profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi hamda zaruratga ko'ra birlamchi ko'mak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni ko'radi;

▪️ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi ko'mak xonasiga joylashtiriladi.

🏢 Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan ko'rsatiladi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

 

Boshqa maqolalar

QANDAY DORI VOSITALARI KLINIK TADQIQOTLARSIZ ROʻYХATDAN

personmaftuna 15-02-25, 01:17
0 QANDAY DORI VOSITALARI KLINIK TADQIQOTLARSIZ ROʻYХATDAN OʻTKAZILADI?

Sogʻliqni saqlash vazirining «Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻy х atidan oʻtkazish tartibi...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI

personmaftuna 27-11-24, 02:59
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu hujjat davlat boshqaruvining asosiy...

SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI

personmaftuna 19-03-24, 00:50
0 SOLIQ TO‘LOVCHILARNING HUQUQLARI

Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari...

menu
menu