Kuzatuvchi » Siyosiy » KONSTITUTSIYA — G‘URURIMIZ IFTIXORIMIZ!

KONSTITUTSIYA — G‘URURIMIZ IFTIXORIMIZ!

Bosh Qomusimizning 19-moddasida inson tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘lgan tabiiy va ajralmas huquqlar sirasiga inson hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, ozodligi, tengligi, erkin bo‘lishi, xavfsizligi, daxlsizligi kiradi va bu huquqlar qonunlarda belgilanganligi yoki belgilanmaganligidan qat’iy nazar insonga azaliy tegishlidir, deb e’tirof etiladi.

Konstitutsiyaning mamlakat qonunchiligining boshlang‘ich hamda ta’sis etuvchi manbaidir, barcha qonunlar Konstitutsiyadan kelib chiqadi va unga zid bo‘lishi mumkin emas. Konstitutsiya har qanday mamlakat milliy huquq tizimining asosiy manbaidir. O‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra Konstitutsiya ham davlat, ham jamiyatning oliy hujjatidir, boshqacha qilib aytganda, Konstitutsiya bu oliy siyosiy hujjat.

Huquqiy demokratik davlatda insonning qadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklarining daxlsizligi, ajralmasligini belgilash bilan bir qatorda, ularni har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli ekanligini tan olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 19-moddasida insonning huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi, degan muhim qoida belgilandi. Ushbu qoida bilan insonning asosiy, tabiiy va ajralmas huquqlarini ta’minlash davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasi sifatida Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Mazkur huquqlarga yashash huquqi, erkinlikka bo‘lgan huquq, shaxsiy va uy-joy daxlsizligi, boshpana huquqi, mulk huquqi, sud himoyasiga bo‘lgan huquq, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi, erkin harakatlanish, yashash joyini tanlash, fuqarolikka ega bo‘lish, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, tibbiy huquq va boshqa shu kabilar kiradi.

Insonning huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘lishi O‘zbekiston a’zo bo‘lgan inson huquqlariga oid 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarda belgilab qo‘yilgan. Ular orasida umume’tirof etilgan inson huquqlari bo‘yicha BMTning 7 ta asosiy shartnomasi va ularga qo‘shimcha protokollar, YuNESKO, Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro konvensiyalari, Xalqaro gumanitar huquq konvensiyalari, YeXHTning “Insoniylik mezonlari” hujjatlari, shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti, MDH kabi mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlarini milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Insonning huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi degan norma Ispaniya, Italiya, Sloveniya, Chexiya kabi davlatlarning konstitutsiyalarida ham belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyamizning biron-bir moddasi yo‘qki, inson huquqlari va manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lmasa. Uning muqaddima qismidayoq “inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda” degan iboraning keltirilishi Konstitutsiya nafaqat bugungi kun nuqtai nazaridan, balki kelajak avlod, xususan, yoshlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda qabul qilinganligini bildiradi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

“YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

personmaftuna 01-05-24, 01:29
0 “YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji...

SOLIQ HISOBOTINI TOPSHIRMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR️

personmaftuna 07-02-25, 13:54
0 SOLIQ HISOBOTINI TOPSHIRMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR️

Ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan, foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish...

DAVLAT BOJINI QAYTARISH TARTIBI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

personmaftuna 21-03-25, 16:21
0 DAVLAT BOJINI QAYTARISH TARTIBI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Davlat boji davlat boji qonunchilikda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida, sud da’vo arizasini (arizani,...

menu
menu