Kuzatuvchi » Siyosiy » “YASHIL ENERGIYA” UCHUN AHOLIGA 8,9 MLRD SO‘M SUBSIDIYA BERILDI

“YASHIL ENERGIYA” UCHUN AHOLIGA 8,9 MLRD SO‘M SUBSIDIYA BERILDI

Shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 mingdan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalandi.

Ma’lumki, 2023-yil 1-apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 mingdan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

Xorazm viloyati — 2,1 mlrd so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,5 mlrd so‘m;

Toshkent shahri — 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasining «Keshbek» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

TRANSPORT VOSITALARINI PIYODALAR YO'LAKLARIDAN YURGIZGANLIK

personmaftuna 01-05-25, 01:50
0 TRANSPORT VOSITALARINI PIYODALAR YO'LAKLARIDAN YURGIZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Qonunga ko'ra, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan,...

AYRIM ISTE’MOL TOVARLARIGA NISBATAN BOJXONA BOJI NOL STAVKA

personmaftuna 27-06-24, 23:50
0 AYRIM ISTE’MOL TOVARLARIGA NISBATAN BOJXONA BOJI NOL STAVKA QO‘LLANILADI

Qonunchilikka ko'ra, 2025-yil 1-yanvargacha ayrim tovarlarni, jumladan, quyidagilarni O'zbekistonga olib kirishda...

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT

personmaftuna 14-06-25, 02:54
0 KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILADI

“Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish...

menu
menu