TRANSPORT VOSITALARINI PIYODALAR YO'LAKLARIDAN YURGIZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI
Qonunga ko'ra, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo'lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi uchun ma'muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, yo'l harakati ishtirokchilarining harakatiga to'sqinlik qiluvchi noqonuniy to'siqlar va boshqa qurilmalar o'rnatilganligi, yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun ham ma'muriy javobgarlik belgilanishi ko'zda tutilmoqda.
Kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'ldan transport vositalarining harakatlanishi:
BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;
xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:
BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH
personmaftuna 13-12-24, 10:19I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib...
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
personmaftuna 04-05-24, 09:50O‘tgan davr mobaynida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini...
QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI
personmaftuna 21-03-24, 11:38Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks...