Kuzatuvchi » Siyosiy » “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘tgan davr mobaynida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi takomillashtirilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, davlat soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda ularning vazifalari belgilab berildi.

“Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va uning a’zolari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi   Vazirlar Mahkamasining  2024-yil 15-martda “Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 137-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarori bilan “Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining   ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma tasdiqlandi. Unda “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish, “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishi va ishdan ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish va “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari va davomat (tabel) hujjatini saqlash tartibi belgilandi.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]

SSSSSShuningdek, mazkur qaror bilan “Mahalla yettiligi” a’zolari mehnatiga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan to‘ldirilgan tabel asosida haq to‘lanadi. 

 

 

L.XUDAYAROVA,

Tuproqqal’a tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi. 

 

 

Boshqa maqolalar

IJODIY TA’TILLAR BERISH TARTIBI

personmaftuna 11-12-24, 15:20
0 IJODIY TA’TILLAR BERISH TARTIBI

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida...

KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

personmaftuna 08-02-25, 00:54
0 KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

Prezidentning 2022-yildagi 167-son qaroriga asosan: — oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va yolgʻiz...

OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

personmaftuna 19-11-24, 21:30
0 OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi...

menu
menu