KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILADI
“Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-347-son, 04.10.2024-y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish; aholi bandligini ta'minlash dasturlarini shakllantirish, bo'sh ish o'rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish; kambag'allikni qisqartirish; hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish; Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi. 2025-yil 1-dekabrgacha: 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo'jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog' va uzumzorlar tashkil etiladi; ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo'yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ЭНДИЛИКДА ШАХСНИ ШАРМАНДА ҚИЛАДИГАН УЙДИРМАЛАР ТАРҚАТИШ
personmaftuna 08-02-24, 12:1819.01.2024 йил кунги ЎРҚ-899-сон Қонун Президент томонидан имзоланди ва мазкур қонун билан бир нечта кодексларга...
QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI
personmaftuna 05-03-24, 22:23Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks...
. OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI UCHUN
personmaftuna 19-05-24, 19:28Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jalb qilingan har bir kasanachi uchun 2 million so'mgacha,...