O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan. Ushbu tartibga ko‘ra, har bir yuridik va jismoniy shaxs qonunchilikda ko‘rsatilgan soliq turlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi shart.
Soliq kodeksining 440-moddasiga asosan, Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanishi belgilangan.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).
Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.
Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
M. SADIKOVA,