YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA O‘TKAZILDI
Prezidentning 20.01.2024-yildagi PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.
Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishligi bo‘yicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini to‘liq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari jamg‘arma sifatida faoliyat yuritadi.
Sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilma sport ob’ektlari va inshootlarning loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI
personmaftuna 20-02-25, 11:42O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalariga jamoat transportidan...
OTA-ONANI MODDIY TA’MINLASHDAN BO‘YIN TOVLASH
personmaftuna 30-05-24, 10:50Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini...
XODIMLARGA ISH VA O‘QISHNI BIRGA OLIB BORISH UCHUN ZARUR
personmaftuna 30-09-24, 02:32Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida...