Kuzatuvchi » Siyosiy » CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING HUQUQIY HOLATI

CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING HUQUQIY HOLATI

Chet el fuqarosi — Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʼlmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va oʼzining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʼlgan shaxs.

Fuqaroligi boʼlmagan shaxs — Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi boʼlmagan va oʼzining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʼlmagan shaxs.

Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi. Ular Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarni oʼz zimmasiga oladi.

Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, Oʼzbekiston Respublikasining qonuni oldida tengdirlar.

Oʼzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar oʼz tanloviga koʼra oʼzining amaldagi harakatlanish hujjatlari boʼyicha joylashtirish joylarida yoki boshqa uy-joy maydonida, shuningdek davolash muassasalarida vaqtincha yashashi mumkin.

Oʼzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʼyicha doimiy roʼyxatga olingan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga Oʼzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʼlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi beriladi.

Identifikatsiyalovchi kartaning amal qilish muddati.

  • yangi tugʼilgan bir yoshgacha boʼlgan bolalarga — 2 yilga;
  • bir yoshdan oʼn olti yoshgacha boʼlgan shaxslarga — 5 yilga;
  • oʼn olti yoshdan oltmish yoshgacha boʼlgan shaxslarga — 5 yilga;
  • oltmish yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yilga.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati vakillik organlari saylovlarida saylovchilar sifatida ishtirok etishi mumkin emas, davlat hokimiyati organlariga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas, Oʼzbekiston Respublikasining referendumida, shuningdek fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari saylovida ishtirok etish huquqiga ega emas.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

2025-YIL UCHUN OʻZBEKISTON KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETI

personmaftuna 20-02-25, 10:54
0 2025-YIL UCHUN OʻZBEKISTON KONSOLIDATSIYALASHGAN BYUDJETI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

Prezident 24.12.2024-yildagi "2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1011-son...

PEDAGOGNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA

personmaftuna 20-02-24, 09:50
0 PEDAGOGNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida” 01.02.2024-yildagi O‘zbekiston Respublikasining 901-sonli Qonunning amal qilishi o‘z...

STANDARTLARNING YAGONA AХBOROT BAZASI SHAKLLANTIRILMOQDA

personmaftuna 15-05-24, 01:40
0 STANDARTLARNING YAGONA AХBOROT BAZASI SHAKLLANTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024-yildagi VMQ-177-sonli “Standartlashtirish faoliyatini...

menu
menu