TARAFLARDAN BIRI SUDDA ISHTIROK ETMAGANDA NIKOHNI BEKOR QILISH TARTIBI
Umumiy tartibda nikohni bekor qilish er-xotinning ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Аgar, voyaga yetmagan bolalari boʼlmagan er-xotin nikohdan ajratishga oʼzaro rozi boʼlsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratilishi mumkin.
Er-xotin oʼrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʼgʼrisida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki boʼlgan mol-mulkni boʼlish toʼgʼrisida nizo boʼlgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Qonunchilik er-xotinning qoʼshma arizasi bilan birga taraflarning birining arizasi boʼyicha ham nikohdan ajratishga chek qoʼymaydi.
Jumladan Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq er-xotindan biri:
- sud tomonidan bedarak yoʼqolgan deb topilgan boʼlsa;
- sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʼlsa;
- sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʼlsa, oʼrtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʼra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʼyicha qonunchilikni qoʼllash amaliyoti toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, nikohdan ajratish masalasi FHDYo organlari vakolatiga taalluqli boʼlgan ayrim hollarda ham u sud tartibida amalga oshirilishi mumkin, chunonchi, agar er-xotindan biri nikohdan ajratish toʼgʼrisida ariza berishdan bosh tortsa yoki FHDYo organiga ariza berish uchun shaxsan kelish imkoniyatiga ega boʼlmasa yoxud ariza berib, nikohdan ajratishni qayd etish uchun hozir boʼlmasa. Bunday holatlar mavjudligi FHDYo organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari maʼlumotnomalari va h.k.lar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Shuningdek, Er-xotindan biri doimiy yashash uchun Oʼzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʼchib ketgan va uning sud majlisiga kelish imkoniyati boʼlmagan hollarda, sud Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga muvofiq taraflarni xabardor qilish choralarini koʼradi.
A.DUSCHANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ТАДҚИҚОТЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 19-03-25, 05:59“Таҳлилий ва тадқиқотчилик фаолиятини ташкил қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори...
BUХORO VA NAMANGANDA TEХNIKA UNIVERSITETLARI TASHKIL
personmaftuna 20-02-25, 11:34Prezident Bu х oro va Namangan davlat te х nika universitetlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlarni imzoladi...
TUNGI VAQTDAGI MEHNAT UCHUN HAQ TO’LASH
personmaftuna 30-09-24, 22:46Quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:...