Kuzatuvchi » Siyosiy » SUD QARORLARI USTIDAN SHIKOYAT QILISH YOKI PROTEST KELTIRISH TARTIBI QANDAY TARTIBDA BO‘LADI?

SUD QARORLARI USTIDAN SHIKOYAT QILISH YOKI PROTEST KELTIRISH TARTIBI QANDAY TARTIBDA BO‘LADI?

Sud hujjatlari ustidan norozi boʼlib apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish mumkin.

Аpellyatsiya va kassatsiya shaklidagi shikoyatlar yuqori turuvchi sudga yoʼllanadi.

Shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Shikoyatda (protestda) uni bergan shaxsning yoki uning vakilining telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzili koʼrsatilishi mumkin.

Fuqarolik sudi qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlar:

apellyatsiya tartibida - qaror qabul qilingan kundan 20 kun ichida;

kassatsiya tartibida - qaror qonuniy kuchga kirgan kundan 6 oy ichida;

Maʼmuriy sud qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlari:

apellyatsiya tartibida - qaror qabul qilingan kundan 20 kun ichida;

kassatsiya tartibida - qaror qonuniy kuchga kirgan kundan 1 oy ichida;

Iqtisodiy sud qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlari:

apellyatsiya shikoyati - birinchi instantsiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran 1 oy ichida;

kassatsiya shikoyati - sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 oy ichida;

Jinoyat sudi hukmi ustidan shikoyat qilish muddatlari:

apellyatsiya tartibida – hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shunday muddat ichida;

kassatsiya tartibida – sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʼgʼrisidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta koʼrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 yil mobaynidagina yoʼl qoʼyiladi.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

EKSPORT TARTIB-TAOMILLARI JST TALABLARIGA

personmaftuna 19-05-25, 08:23
0 EKSPORT TARTIB-TAOMILLARI JST TALABLARIGA MUVOFIQLASHTIRILMOQDA

Prezident tomonidan 14.03.2025-yildagi «Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va...

PENSIYA OLISH HUQUQIGA EGA BO‘LGAN OILA A’ZOLARI

personmaftuna 13-04-24, 02:11
0 PENSIYA OLISH HUQUQIGA EGA BO‘LGAN OILA A’ZOLARI

Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida ( fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonuni 20-modda ) bo‘lgan...

PSIXOLOGIK YORDAMNING TURLARI VA SHAKILLARI HAQIDA HUQUQIY

personmaftuna 22-03-25, 11:35
0 PSIXOLOGIK YORDAMNING TURLARI VA SHAKILLARI  HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Psixologik yordam turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:psixologik profilaktika; psixologik ko‘rik; psixologik...

menu
menu