Kuzatuvchi » Siyosiy » PEDAGOGNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA

PEDAGOGNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida” 01.02.2024-yildagi O‘zbekiston Respublikasining 901-sonli Qonunning amal qilishi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda umumiy o‘rta taʼlim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

            Qonunga asosan, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish; pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish; pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish taqiqlanadi.

            Pedagogik etika qoidalari ta’lim tashkilotlari uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

SH. BOLTAYEVA, 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KO'RA BEKOR QILISH

personmaftuna 29-06-24, 06:54
0 MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KO'RA BEKOR QILISH ASOSLARI

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat...

XALQ QABULXONALARIGA MUROJAAT QILISH TARTIBI HAQIDA

personmaftuna 30-09-25, 11:02
0 XALQ QABULXONALARIGA MUROJAAT QILISH TARTIBI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

Fuqarolar xalq qabulxonalariga o‘zlari duch kelayotgan muammolar echimini topish maqsadida, og‘zaki yoki yozma shaklda...

ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ СЕКТОРНИНГ РОЛИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:32
0 ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ СЕКТОРНИНГ РОЛИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

“Иқтисодиётда рақобатни ривожлантириш ва хусусий секторнинг ролини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент...

menu
menu