TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA QANDAY IJTIMOIY XIZMATLAR KO'RSATILADI?
2024-yil 10-may kunida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 175-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorga ko'ra, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi joriy etildi.
2024-yil 1-iyundan:
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etildi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olindi;
Tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladigan tizim joriy qilindi:
xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi;
profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi;
rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladigan tizim yaratildi.
Tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxslarning reyestri yuritila boshlandi.
Qaror bilan, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etildi:
2024-yil 1-iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
2024-yil 1-oktabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida.
Birlamchi ko'mak xonalarida:
jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtiriladigan;
shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko'rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to'g'risida tahlillar o'tkaziladigan bo’ldi.
2024-yil 1-oktabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
2025-yil 1-yanvardan ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarning reyestri yuritiladigan;
2024-yil 1-dekabrdan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo'ravonlik holati bo'yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladigan bo’ldi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
BIRINCHI ISH YILI UCHUN HAR YILGI MEHNAT TA’TILINI BERISH
personmaftuna 29-11-24, 06:32Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan...
“TOZA QOʻLLAR” DASTURI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
personmaftuna 21-05-25, 13:14Vazirlar Mahkamasining 06.05.2025-yildagi "Sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda...
BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY
personmaftuna 24-07-24, 19:59“Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar...