Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHGA KIRAYOTGANDA ISH JOYIGA QANDAY HUJJATLAR TAQDIM QILISHINGIZNI BILASIZMI?
ISHGA KIRAYOTGANDA ISH JOYIGA QANDAY HUJJATLAR TAQDIM QILISHINGIZNI BILASIZMI?
Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi?
Qonunchilikka ko'ra, ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta);
- oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).
- O'rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma;
- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
- oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom;
- qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;
- soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR);
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);
- jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.
A.DUSCHANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SERVITUT HUQUQI
personmaftuna 28-03-24, 01:58O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 73-moddasiga ko`ra, ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa...
BAHOLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR FAOLIYATI
personmaftuna 03-06-24, 02:24Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024 - yildagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta...
TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYATGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
personmaftuna 24-07-24, 20:17Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024-yildagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan...