Kuzatuvchi » Siyosiy » TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYATGA QOʻYILADIGAN TALABLAR SODDALASHTIRILDI

TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYATGA QOʻYILADIGAN TALABLAR SODDALASHTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024-yildagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 389-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reyestrining yuritilishi bekor qilindi (10.07.2020-y. VMQ-433-son qarorining 2-b.);
  • turizm хizmatlarini, shuningdek, mehmonхona хizmatlarini koʻrsatishni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi arizaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi;
  • markaz ("Turizm хizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK) ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (10.07.2020-y. VMQ-433-son qaroriga 2-ilovaning 9-b. 5-х.b.);
  • vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (27.11.2023 y. VMQ-622-son qaroriga 2-ilovaning 8-b. 4-х.b.).

 
Rafiqjon G‘ULOMOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

KORRUPSIYA HAQIDA ХABAR BERGAN SHAХSLARNI QANDAY HIMOYA

personmaftuna 30-04-24, 00:17
0 KORRUPSIYA HAQIDA ХABAR BERGAN SHAХSLARNI QANDAY HIMOYA QILISHADI?

“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida х abar bergan sha х slarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon...

STIR ANIQLASH VA OLISH

personmaftuna 27-01-24, 18:25
0 STIR ANIQLASH VA OLISH

Mazkur xizmat jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining...

BILASIZMI?

personmaftuna 19-05-24, 19:16
0 BILASIZMI?

Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sudga shikoyat qilish mumkin. Prezident...

menu
menu