Kuzatuvchi » Siyosiy » BAHOLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR FAOLIYATI QANDAY BAHOLANADI?

BAHOLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR FAOLIYATI QANDAY BAHOLANADI?

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024-yildagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 21.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoniga muvofiq quyidagilar joriy etiladi:

  • umumta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholash;
  • yangi tizimni samarali joriy etgan, ta’lim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga Davlat byudjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktab oʻqituvchilari va rahbarlarini baholash, shuningdek ustama toʻlash oʻquv yili yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.

Hujjat bilan Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumta’lim maktablari roʻyхatini shakllantirish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarida doimiy ravishda ishlaydigan monitoring guruhlari tuziladi.

Monitoring guruhi rahbarlar va oʻqituvchilar roʻyхatini shakllantirishni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiradi:

1) baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida oʻquvchilarning yillik oʻrtacha baholarini tahlil qiladi hamda tegishli hududning eng yaхshi natija koʻrsatgan birinchi maktablarini saralab oladi;

2) belgilangan bilimni baholash mezonlari, oʻquvchilarni soʻrovdan oʻtkazish va boshqalar asosida saralab olingan maktablar ballarining umumiy sonini tahlil va hisob-kitob qiladi.

        Tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan reytingda eng yaхshi natijalarni koʻrsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablari ish  haqiga 40 foiz ustama oladi. Keyingi 10 foiz umumta’lim maktablari 30 foiz ustama oladi. Soʻngra reytingdagi 15 foiz umumta’lim maktablari – 15 foiz ustama oladi. Saralab olingan maktablarning qolgan qismi – 10 foiz ustama oladi.

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

BILIB OLING

personmaftuna 30-09-24, 02:41
0 BILIB OLING

“O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari...

IPOTEKA KREDITINI RASMIYLASHTIRISH VA SUBSIDIYA TO‘LAB

personmaftuna 11-12-24, 11:09
0 IPOTEKA KREDITINI RASMIYLASHTIRISH VA SUBSIDIYA TO‘LAB BERISH TARTIBI QANDAY?

“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya...

VAZIRLAR MAHKAMASINING 2024-YIL 6 -MAYDAGI 263-SON QARORI

personmaftuna 15-05-24, 07:45
0 VAZIRLAR MAHKAMASINING 2024-YIL 6 -MAYDAGI 263-SON QARORI BILAN SIFATLI TAʼLIMNI TAʼMINLASHDA IJOBIY NATIJALARGA ERISHAYOTGAN UMUMIY URTA TAʼLIM MAKTABLARI RAHBARIYATI HAMDA OʻQITUVCHILARIGA USTAMA BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOM TASDIQLANDI.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari...

menu
menu