ISHGA QABUL QILISHNI QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETISH
Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.
Mehnat kodeksining 560-moddasiga binoan, yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning aniq muddatlari belgilab qo’yilgan. Xususan, ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy ichida sudga da’vo kiritishi mumkin.
Mehnat kodeksining 560-moddasida ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etilganda, buning ustidan qancha muddatda sudga shikoyat qilish mumkinligi haqida aniq javob ko’rsatilmagan. Qonun normalari mazmunini sharhlash orqali quyidagicha javob beramiz. Agar siz o’sha rad etilgan ishingizga ishga joylab qo’yishlarini so’rab sudga murojaat qilmoqchi bo’lsangiz, Mehnat kodeksi 119-moddasida nazarda tutilgan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini olib, shu paytdan e'tiboran uch oylik muddatda sudga shikoyat qilishingiz mumkin.
Mehnat kodeksiga ko'ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi:
- v mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish;
- ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
- ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
- homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik;
- sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
AXBOROT-KUTUBXONA SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING
personmaftuna 19-01-24, 19:51Vazirlar mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 176-son qaroriga asosan axborot-kutubxona sohasida davlat xizmatlari...
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM BERISH
personmaftuna 20-02-24, 09:27Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi...
MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI
personmaftuna 25-09-24, 01:10Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha...