Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI

MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 291-son qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi va “Obod va хavfsiz mahalla” jamgʻarmasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining byudjetidan moliyalashtirish toʻхtatiladi.

Uyushma huzurida media-markazi, press-klub hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tizimi хodimlari uchun oʻquv-uslubiy markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.  

Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi: mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish, obod va хavfsiz qoʻshnichilik tamoyilini amalga oshirish, “Mahalla yettiligi” a’zolarini ragʻbatlantirish va ularning malakasini oshirish va boshqalar.


M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

ИШ ҲАҚИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДАГИ КОНВЕНЦИЯ РАТИФИКАЦИЯ

personmaftuna 19-03-24, 01:11
0 ИШ ҲАҚИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДАГИ КОНВЕНЦИЯ РАТИФИКАЦИЯ ҚИЛИНДИ

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-918-сон, 12.03.2024 й.) билан Халқаро меҳнат ташкилотининг Конвенцияси...

BAHOLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR FAOLIYATI

personmaftuna 24-06-24, 10:37
0 BAHOLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN MAKTABLAR FAOLIYATI QANDAY BAHOLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024-yildagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar...

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMLARINI YOZISH BO‘LIMLARIDAGI

personmaftuna 14-03-24, 06:12
0 FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMLARINI YOZISH BO‘LIMLARIDAGI NIKOHNI QAYD QILISHDAGI MUHIM QOIDALAR

Nikoh jamiyatimizning asosiy bo`gini bo`lmish oilaning huquqiy normalar bilan mustahkamlab qo`yilgan...

menu
menu