ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM BERISH
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari bepul umumiy o‘rta ta’lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun belgilangan norma va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda, tayyorlov guruhlariga 6 yoshdan qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim va tarbiya ularning jismoniy va aqliy rivojlanishini hisobga olgan holda tashkil etilishiga, ta’lim olish jarayonida ularni biror-bir shaklda kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligiga xizmat qiladi va alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqining to‘liq amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ALIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QOʻYILGAN TAQIQNI OLIB
personmaftuna 29-06-24, 06:32Aliment toʻlovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bogʻliq. Bunday...
AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?
personmaftuna 14-02-25, 23:53Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi "Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan...
PUL MAJBURIYATINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 27-03-24, 11:41Boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni...