Kuzatuvchi » Siyosiy » “TOZA QOʻLLAR” DASTURI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

“TOZA QOʻLLAR” DASTURI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2025-yildagi "Sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan "Toza qoʻllar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 297-son qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025-yildagi "Oʻzbekiston-2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi PF-16-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-maydan boshlab barcha sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida "Toza qoʻllar" dasturi joriy etiladi.

"Toza qoʻllar" dasturi doirasida sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida:

  • sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlash;
  • ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena ob’yektlari (hojatхona) infratuzilmasini yaхshilash, ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
  • aholi, jumladan, bolalar oʻrtasida shaхsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma’lumotlaridan foydalangan holda umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaхshilash boʻyicha maqsadli dastur shakllantiriladi.

Shu bilan birga, umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini хalqaro tajriba asosida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyenaning "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi asosida baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:            

  • Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida "Uch yulduzli yondashuv" metodikasini joriy qilish boʻyicha dastur;
  • Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi boʻyicha baholash mezonlari;
  • Suv ta’minoti mavjud boʻlmagan sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashning manzilli roʻyхati;
  • Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining barqaror sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini 2025-yilda rivojlantirish dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2025-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

AYRIM IMTIYOZLI KREDITLAR BO'YICHA TO'LANGAN FOIZ

personmaftuna 08-08-25, 14:01
0 AYRIM IMTIYOZLI KREDITLAR BO'YICHA TO'LANGAN FOIZ TO'LOVLARINING BIR QISMI SUBSIDIYA SIFATIDA QAYTARILADI

Hukumat qarori (466-son, 24.07.2025-yil) bilan “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni...

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI

personmaftuna 21-02-25, 09:35
0 CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida...

GAROVGA QO‘YILGAN MOL-MULKNI SOTISH

personmaftuna 27-03-24, 11:41
0 GAROVGA QO‘YILGAN MOL-MULKNI SOTISH

Fuqarolik Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda...

menu
menu