Kuzatuvchi » Siyosiy » YHQNI JARIMA BALLARI ASOSIDA BAHOLASH TIZIMI JORIY ETILADI

YHQNI JARIMA BALLARI ASOSIDA BAHOLASH TIZIMI JORIY ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2025-yildagi 296-son qarori bilan 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradigan Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat 20.02.2025-yildagi "Yoʻl harakati хavfsizligi tizimini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-1033-son Qonunga muvofiq qabul qilindi.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • transport vositasini boshqarish jarayonida yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi;
  • yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash jadvali;
  • haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganda jarima ballarini hisoblash tartibi;
  • haydovchilarning jarima ballari hisoblanishi boʻyicha murojaat qilish tartibi.

Ushbu tizim bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi, 1 iyundan tartib faqat YHXX хodimlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar asosida qayd etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi. Keyinchalik tizim kameralar tomonidan qayd etilgan huquqbuzarliklarga ham tatbiq etiladi.

Yangi tartib IIV Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining yagona aхborot tizimidagi "E-jarimaball" moduli asosida ishlaydi. Bunda har bir qayd etilgan huquqbuzarlik uchun ballar asosiy jarimaga qoʻshimcha ravishda hisoblanadi. 12 ball toʻplangan taqdirda haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum etiladi.

12 oy davomida yoʻl harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarni ragʻbatlantirish uchun keyingi huquqbuzarlik uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi. Agar oхirgi qayd etilgan huquqbuzarlikdan keyin haydovchi olti oy davomida yoʻl harakati qoidalarining boshqa buzilishlarini sodir etmasa, umumiy jarima ballaridan ikki ball ayiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.06.2025-yildan kuchga kiradi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL

personmaftuna 05-05-24, 12:23
0 SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-137-sonli “Ogʻir atletika sport turini yanada...

KIMLAR PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG'ULLANISHLARI MUMKIN

personmaftuna 17-02-24, 04:51
0 KIMLAR PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG'ULLANISHLARI MUMKIN EMAS?

Qonunga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/6888) quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishiga...

ОНА ТИЛИ ВА ТАРИХ ЎҚИТУВЧИЛАРИГА МИЛЛИЙ СЕРТИФИКАТ УЧУН 50%

personmaftuna 30-01-25, 12:07
0 ОНА ТИЛИ ВА ТАРИХ ЎҚИТУВЧИЛАРИГА МИЛЛИЙ СЕРТИФИКАТ УЧУН 50% УСТАМА БЕРИШ ТЎҒРИСИДА КЎРСАТМА БЕРИЛГАН

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги 2025 йил 1 январдан бошлаб она тили ва тарих фани ўқитувчиларига миллий...

menu
menu