Kuzatuvchi » Siyosiy » ROʻYXATGA OLISHDA REKLAMA VA AXBOROT KAMPANIYASI

ROʻYXATGA OLISHDA REKLAMA VA AXBOROT KAMPANIYASI

Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish togʻrisida xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan zarur maʼlumotlarni taqdim qilish uchun zarurdir. Odatda, aholini roʻyxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish koʻrsatkichini taʼminlash maqsadida mamlakat boʻylab yetib borish qiyin boʻlgan aholi guruhlartini aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Aslida bunday kampaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishga ragʻbatlantirishdir. Bunday reklama kampaniyasining asosiy vazifasi jamiyatning holatini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan roʻyxatga olishning ahamiyatini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ijtimoiy, mintaqaviy va umummilliy demografik oʻzgarishlarni tahlil qilishnitushuntirish hisoblanadi.

Roʻyxatga olish nafaqat mamlakat uchunbalki global miqyosda muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga egadarRoʻyxatga olish mamlakatning rasmiy statistika dasturining ajralmas qismidirAsosiy amaliy maqsad- jamiyatning roʻyxatga olishga ijobiy munosabatini shakllantirish, mamlakat fuqarolarini unda ishtirok  etishga  va oʻzlari haqida ishonchli maʼlumot berishga  undash boʻlib, ayniqsa, joylarda, an’anaviy tarzda roʻyxatga olish   bilan bogʻliq. Shu bilan birga samarali axborot va reklama kampaniyasi yanada kengroq maqsadlarni qamrab olishi kerak, bu esa qulaylik uchun quyidagi komponentlar shaklida ifodalanishi mumkin:

1)   Roʻyxatga olish toʻgʻrisida aholini xabardorligini oshirish;

2)   Roʻyxatga olishdan (respondentlar va mamlakat uchun) olingan foyda haqida xabardor qilish;

3)   Odamlarga nima va qachon amalga oshirilishi haqida maʼlumot berish;

4)   Roʻyxatga olish jarayonida hali ishtirok etmaganshaxaslarni roʻyxatga olishda ishtirok etishga koʻndirish;

 

Xiva shahar statistika bo‘limi.

Boshqa maqolalar

KASANACHI BILAN TUZILADIGAN MEHNAT SHARTNOMASI

personmaftuna 18-03-24, 01:55
0 KASANACHI BILAN TUZILADIGAN MEHNAT SHARTNOMASI

Kasanachilikni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan jismoniy shaxs bilan ish beruvchi o‘rtasida yozma shaklda mehnat...

БИЛИБ ОЛИНГ !

personmaftuna 15-12-24, 21:39
0 БИЛИБ ОЛИНГ !

“Ўзбекистон Республикасида 2024–2030 йилларда давлат-хусусий шерикликни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...

TADBIRKORLARGA TASHQI MOLIYA BOZORLARIGA CHIQISHGA

personmaftuna 10-02-25, 01:58
0 TADBIRKORLARGA TASHQI MOLIYA BOZORLARIGA CHIQISHGA KOʻMAKLASHISH MARKAZI TASHKIL ETILDI

Prezidentning 27.12.2024-yildagi "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash boʻyicha...

menu
menu