KASANACHI BILAN TUZILADIGAN MEHNAT SHARTNOMASI
Kasanachilikni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan jismoniy shaxs bilan ish beruvchi o‘rtasida yozma shaklda mehnat shartnomasi tuziladi.
Mehnat kodeksining 446-moddasiga asosan, kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga quyidagi shartlar ham kiritilishi belgilangan: kasanachi tomonidan mehnat vazifalarini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish hamda topshirish tartibi, moddiy javobgarlik shartlari, ish beruvchi va kasanachining mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda mehnat shartlariga rioya etishga doir majburiyatlari, kasanachiga ta’tillar berish, uni ijtimoiy sug‘urta qilish, uning pensiya ta’minoti shartlari, ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun kasanachi o‘z uskunasi, asbobi va jihozidan foydalangan taqdirda uning xarajatlari o‘rnini qoplash tartibi va shartlari, ish beruvchining buyurtmasini bajarish munosabati bilan kasanachi foydalangan energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibi, kasanachi mehnat shartnomasida shartlashilgan mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun unga berilgan uskuna, asbob va jihozni ta’mirlash yuzasidan ish beruvchining majburiyatlari, kasanachining aybiga ko‘ra materiallar, uskunalar, asboblarning buzilishi, shuningdek mahsulotning to‘liq yoki qisman yaroqsizligi bilan bog‘liq moddiy zararning o‘rnini ish beruvchiga qoplash shartlari, kasanachiga foydalanish uchun berilgan uskunalar, asboblarni, jihozlarni, butlovchi buyumlarni, xomashyoni va materiallarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda ish beruvchining vakillarini kasanachilik amalga oshirilayotgan xonalarga kiritish shartlari, kasanachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (elektr energiyasining, suv, gazning mavjud emasligi va boshqalar) munosabati bilan ish beruvchining buyurtmasini belgilangan muddatlarda bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda, kasanachining bu haqda ish beruvchini xabardor qilishga doir majburiyatlari.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TEХNIK KOʻRIKDAN OʻTISH UCHUN ARIZANI YAIDXP ORQALI BERISH
personmaftuna 12-08-24, 22:52Vazirlar Mahkamasining 08.07.2024-yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan...
ISH BERUVCHINING HUQUQLARI
personmaftuna 29-09-24, 13:14Mehnat qonunchiligi bo‘yicha, ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish,...
MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR
personmaftuna 24-03-24, 17:50Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga: g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar...