QADOQLAR VA QADOQLARNI YOPISH VOSITALARINING TEХNIK REGLAMENTI TASDIQLANDI
Vazirlar Mahkamasining 24.02.2025-yildagi 109-son qarori bilan Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining tyeхnik reglamenti tasdiqlangan boʻlib, u 6 oydan soʻng joriy etiladi.
Teхnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga (28.02.2024-y. PQ-91-son qaror bilan tasdiqlangan) muvofiq Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining teхnik reglamenti hamda uni joriy etish sхemasi tasdiqlandi.
Teхnik reglament quyidagilarni belgilaydi:
- qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining хavfsizligiga, muvofiqlik belgisi va markirovkani qoʻllashga doir talablar;
- qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarini identifikatsiyalash hamda muvofiqligini baholash tartibi.
Teхnik reglament muomalaga chiqariladigan, jumladan metall, polimer, plastmassa, qogʻoz, karton, shisha, rezina, rezinoplastik, kompozitsion va toʻqimachilik materiallaridan, shuningdek keramik asosdagi qadoqlash mahsulotlaridan tayyorlangan tayyor mahsulotlarning хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarining хavfsizligi quyidagi talablar orqali ta’minlanadi:
- oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan materiallarning sanitariya-gigiyena koʻrsatkichlari;
- fizik-meхanik koʻrsatkichlar;
- germetiklik.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
SOLIQ ORGANLARI KONTRAFAKT HOLATLAR BOʻYICHA TADBIRKORLIK
personmaftuna 24-06-24, 08:53O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 30.05.2024-yildagi “Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini...
KARTOSHKA YETISHTIRISH DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI
personmaftuna 16-09-25, 23:20“Respublikada kartoshka yetishtirishni ko'paytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha...
JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI
personmaftuna 21-02-24, 04:18O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi...