Kuzatuvchi » Siyosiy » JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

           O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarning bankrot bo‘lish asoslari belgilangan. 

            Unga ko`ra, yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.

            Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.

            Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxsni bankrot deb topish taomillarini amalga oshirishda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham o‘z talablarini qo‘yishga haqli. Mazkur kreditorlarning ular tomonidan shunday tartibda qo‘yilmagan talablari bankrot deb topish taomili tugallanganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi.

            Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxs bankrot deb topilgan taqdirda, uning kreditorlarining talablari ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.

            Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxsni sud tomonidan bankrot deb topishning yoki uning o‘zini bankrot deb e’lon qilishining asoslari va tartibi qonunchilikda belgilanadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.  

Boshqa maqolalar

. DAVLAT BAYROG'INING TASVIRI TUSHIRILGAN BELGILARDAN

personmaftuna 19-05-24, 19:24
0 . DAVLAT BAYROG'INING TASVIRI TUSHIRILGAN BELGILARDAN FOYDALANISH HAQIDA

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan...

ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI

personmaftuna 29-09-24, 20:26
0 ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.06.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi...

ISHGA QABUL QILISH QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETILGANDA...

personmaftuna 08-12-24, 13:56
0 ISHGA QABUL QILISH QONUNGA XILOF RAVISHDA RAD ETILGANDA...

Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi....

menu
menu