Kuzatuvchi » Siyosiy » KARTOSHKA YETISHTIRISH DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI

KARTOSHKA YETISHTIRISH DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI

“Respublikada kartoshka yetishtirishni ko'paytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (269-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, respublikada kartoshka yetishtirishni ko'paytirish va urug'chiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:  2028-yildan har yili unuvchanlik darajasi 85% dan past bo'lmagan kamida 10 mln dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish; 2030-yilga borib respublikada kartoshkaning o'rtacha hosildorligini 16–17 tonnadan 25–30 tonnaga oshirish. Qishloq xo'jaligi vazirligi har yili 1-dekabrgacha keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning “in-vitro” o'simliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari bo'yicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma beradi.  2026-yil 1-yanvardan  Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50% igacha yillik 12% stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug'urta polisi asosida kreditlar ajratiladi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o'rnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 mln so'mdan ortiq bo'lmagan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN

personmaftuna 05-05-24, 10:53
0 KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN TADBIRKORLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILADI?

2.04.2024-yildagi OʻRQ-923 son Qonuni bilan kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro...

TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

personmaftuna 20-02-25, 11:43
0 TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan...

SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ

personmaftuna 24-07-24, 04:02
0 SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ

Savol: Men tibbiyot birlashmasida oilaviy shifokor bo‘lib ishlayman, UZI vrachligi bo‘yicha qayta tayyorlovda...

menu
menu