Kuzatuvchi » Siyosiy » TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Ushbu hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:

• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;

• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;

• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;

• taqsimlash tizimlaridan samarali va хavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;

• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy teхnik talablarni oʻrnatish.

Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.

Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, хizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa koʻrsatkichlar kabi хususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular Energetika vazirligi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ПАХТА ХОМАШЁСИНИНГ БОШЛАНҒИЧ НАРХИ НЬЮ-ЙОРК БИРЖАСИДАГИ

personmaftuna 01-09-25, 02:08
0 ПАХТА ХОМАШЁСИНИНГ БОШЛАНҒИЧ НАРХИ НЬЮ-ЙОРК БИРЖАСИДАГИ ФЬЮЧЕРС КОТИРОВКАЛАРИДАН КЕЛИБ ЧИҚИБ БЕЛГИЛАНАДИ

“Пахта хомашёсини етиштириш ва сотишда бозор механизмларини қўллашни изчил давом эттириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI

personmaftuna 30-09-24, 11:30
0 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI VAZIFALARI ?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi...

INTIZOMIY JAZO

personmaftuna 28-09-24, 16:49
0 INTIZOMIY JAZO

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 312-moddasiga ko‘ra, Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi...

menu
menu