SUD-EKSPERTLIK FAOLIYATI RAQAMLASHTIRILADI
“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-270-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: ud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun'iy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to'liqligini ta'minlash; sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o'zaro integrasiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish. Qarorga ko'ra, sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta'minlovchi “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to'liq joriy etiladi. “E-ekspertiza” platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari o'rtasida elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yo'lga qo'yiladi: 2026-yil 1-yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda; 2026-yil 1-iyundan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda; 2026-yil 1-sentabrdan tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА ЛОЙИҲАЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШ УЧУН 100 МЛН АҚШ
personmaftuna 25-04-24, 01:09Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28.02.2024 йилдаги ПҚ-89-сонли “Хоразм вилоятида тадбиркорларга қулай шароитлар...
MEDIATOR SIFATIDA ISH YURITISH
personmaftuna 17-08-24, 02:39Mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs. Notarius fuqarolik-huquqiy...
TOʻSIQSIZ TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI BELGILANDI
personmaftuna 21-03-24, 18:22Prezidentning 12.01.2024-yildagi PQ-20-son «Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish...