Kuzatuvchi » Siyosiy » SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL ETILADI

SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-137-sonli “Ogʻir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2024-2026 yillarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

● yoshlarning ogʻir atletikaga qiziqishini oshirish, bu boradagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning ushbu sport turi bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;

● iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashni yanada takomillashtirish;

● ogʻir atletika hamda parapauerlifting yoʻnalishini rivojlantirishga qaratilgan alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

● ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha zamonaviy sport majmualarini barpo etish.

Ogʻir atletika boʻyicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ularning professional tayyorgarligini tashkil etish uchun Sport vazirligi huzuridagi Ogʻir atletika markazi tashkil etiladi.

Markaz yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Markaz oʻz faoliyatini 2025/2026 oʻquv yilidan boshlaydi hamda oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 90 nafarni tashkil etib, ular 7-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi.

Markaz oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish хarajatlari uchun ota-onalardan toʻlov undirilmaydi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● Ogʻir atletika sport turini 2024-026 yillarda kengroq rivojlantirish dasturi;

● 2024-2026 yillarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

РАҚАМЛИ КРИМИНАЛИСТИКА СОҲАСИДА ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ ФАОЛИЯТИ

personmaftuna 29-07-24, 23:55
0 РАҚАМЛИ КРИМИНАЛИСТИКА СОҲАСИДА ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ ФАОЛИЯТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Рақамли криминалистика соҳасида илмий-тадқиқот фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори...

YURIDIK TAʼLIMDA ISLOHOT: YANGI HUJJAT BILAN NIMALAR

personmaftuna 29-06-24, 07:08
0 YURIDIK TAʼLIMDA ISLOHOT: YANGI HUJJAT BILAN NIMALAR OʻZGARYAPTI?

Hozirgi kunda yuridik fanlarning yutuqlaridan qonun ijodkorligi jarayonida, huquqni qoʻllash amaliyotida, yuridik...

БАНКЛАР ВА КРЕДИТ ТАШКИЛОТЛАРИГА НИСБАТАН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН

personmaftuna 22-02-24, 06:46
0 БАНКЛАР ВА КРЕДИТ ТАШКИЛОТЛАРИГА НИСБАТАН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ЧОРАЛАР ВА САНКЦИЯЛАР ТАСДИҚЛАНДИ

Марказий банк бошқарувининг “Банклар ва нобанк кредит ташкилотларига нисбатан чоралар ва санкциялар қўллаш тартиби...

menu
menu