AYRIM IMTIYOZLI KREDITLAR BO'YICHA TO'LANGAN FOIZ TO'LOVLARINING BIR QISMI SUBSIDIYA SIFATIDA QAYTARILADI
Hukumat qarori (466-son, 24.07.2025-yil) bilan “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xo'jaligi subyektlariga ushbu kredit bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom paxta xomashyosini yetishtirish uchun Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining 4 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi. Nizomga ko'ra, subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va hisoblangan foiz to'lovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar to'liq qaytargan bo'lishi kerak. Arizalar tijorat bankining Bosh ofisi Subsidiya.mf.uz" portali orqali yuboriladi. Tijorat banki tomonidan barcha ma'lumotlar "Subsidiya.mf.uz" portaliga to'liq kiritilib, ariza shakllantirilgandan so'ng ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi. Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy to'lovlardan qarzdorligi bo'lmaganda, subsidiya mablag'laridan erkin foydalanadi.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 18-09-24, 19:21Qonunchilikka ko‘ra, elektr energiyasi uchun to‘lovni maishiy iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda...
ONKOLOGIK KASALLIKKA CHALINGAN AYOLLAR BEPUL DAVOLANADI
personmaftuna 06-12-24, 11:32“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...
“AYOLLAR DAFTARI”DAN KIMLAR CHIQARILADI ?
personmaftuna 21-03-24, 10:08Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar...