Kuzatuvchi » Siyosiy » ONKOLOGIK KASALLIKKA CHALINGAN AYOLLAR BEPUL DAVOLANADI

ONKOLOGIK KASALLIKKA CHALINGAN AYOLLAR BEPUL DAVOLANADI

“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;

Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi;

odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

🔹bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;

🔹skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

INSON HUQUQLARI

personmaftuna 20-02-24, 09:31
0 INSON HUQUQLARI

Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va...

OTMGA QABUL QILISH TARTIBI OʻZGARADI

personmaftuna 01-06-24, 02:37
0 OTMGA QABUL QILISH TARTIBI OʻZGARADI

Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini...

ЎЗБЕКИСТОН ТАШҚИ СИЁСАТДА

personmaftuna 23-03-24, 22:34
0 ЎЗБЕКИСТОН ТАШҚИ СИЁСАТДА

➖ Ўзбекистон халқаро муносабатларнинг тўла ҳуқуқли субъектидир. ➖ Ўзбекистоннинг ташқи сиёсати давлатларнинг суверен...

menu
menu