“YASHIL BELGI” MAHSULOT VA XIZMATLARNI YAGONA IXTIYORIY EKOLOGIK MARKIROVKALASH TARTIBI BELGILANDI
“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3652-son, 25.07.2025-y.)Ushbu Nizom sertifikatlashtirishni o'tkazish, talabgorni avtorizasiyadan o'tkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qo'llashni o'z ichiga oladi. Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Ekologik markirovkalash organi tomonidan sertifikatlashtirish bo'yicha ariza kelib tushgan kundan e'tiboran 5 ish kuni mobaynida unda ko'rsatilgan ma'lumotlar ko'rib chiqiladi. Sertifikatlashtirishni o'tkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari bo'yicha xulosa rasmiylashtiriladi. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo'lganlar 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BILASIZMI ?
personmaftuna 28-06-24, 17:21O‘zbekiston Respublikasining “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida ”gi qonunining 3-moddasiga asosan. Maktabgacha...
PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN
personmaftuna 16-12-24, 11:14O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi...
YAKKA TARTIBDAGI UY-JOY HAQIDA BILASIZMI?
personmaftuna 28-06-24, 17:12O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik kodeksining 9-moddasiga asosan. Y akka tartibda uy-joy qurish va tomorqa...